BURGUNDIYA

BURGUNDIYA — Frantsiyaning Sena daryosi havzasidagi tarixiy viloyat. Burgundiya hududida Kotd’or, Sona va Luara, nevr, Yonna departamentlari joylashgan. Maydoni 31,8 ming kvadrat kilometr. Aholisi 1.6 milliondan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosiy shahri — Dijon. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi turli davlat va hududlar Burgundiya deb atalgan: qirolliklar (5-6-asrlarda markazi Lion shahri bo’lgan Qirollik, 10-14-asrlarda markazi Arl shahri bo’lgan Qirollik), graflik, 9-15- asrlarda gersoglik (markazi — Dijon) bo’lib, 1477 yil Frantsiya qirolligi tarkibiga kirgan. 1790 yilgacha Burgundiya provintsiya huquqiga ega bo’lgan.