BURHONOV UBAYDULLA BURHONOVICH
BURHONOV UBAYDULLA BURHONOVICH (1921.2.3 Toshkent 1998.19.2) aktyor, rejissyor, badiiy so’z ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1977). Shukur Burhonovning ukasi. O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). O’zbekiston radioeshittirish davlat qo’mitasi adabiydramatik eshittirishlar muharriri, rejissyor, bosh muharrir, badiiy-musiqali eshittirishlar boshqarmasining boshlig’i (1948— 58), Toshkent telestudiyasining bosh muharriri (1958-67), O’zteleradio kompaniyasi raisining o’rinbosari (1967-85). Ko’plab radiopostanovkalar (“Qutlug’qon”, “Zaynab va omon” va boshqalar) ning instsenirovka muallifi. Stsenariychi va rejissyor sifatida “Laylo Sharipova kuylaydi”, “O’zbek tsirki arenasida” kabi televizion filmlar yaratgan. Kinoda Rustamov (“Gullar ochilganda”), Dehqonboy (“Qutlug’ qon”) va boshqa rollarni o’ynagan. Badiiy so’z ustasi sifatida “Egmont”, “Hakim va ajal” kabi asarlarni ijro etgan.