BURHONOVA OYRAJAB

BURHONOVA OYRAJAB (1957.10.3, Kattaqo’rg’on tumani Do’stlik qishlog’i) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutining badiiygrafika fakultetini tugatgan (1976). 1976 yildan Go’zalkent tumanidagi 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi, ilmiy bo’lim mudiri, 1998 yildan maktab direktori. Burhonova darslarda o’zi tayyorlagan 4000 dan ortiq ko’rgazmali quroldan, shuningdek “Peleng”, “Leti60 M” filmoskoplaridan foydalanib, darslarni samarali o’tadi; o’quvchilar bilimini reyting usulida baholashni joriy qilgan.