BUSTIY

BUSTIY (taxallusi; asl ismi Abul Fath ibn Muhammad alkotib albustiy) (971, Bust — 1009, Buxoro) — shoir. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Bust hokimi alBayturning kotibi bo’lgan. Lirik she’rlarida dunyoviy sevgi, hayot quvonchlari va tabiat tarannum etilgan. Ko’plab hikmatli so’zlar yaratgan. Ularda kishilarni rostgo’y, halol, mehnatsevar, ilmli bo’lishga undagan. Bizgacha yetib kelgan “Nuniya” (asarning har bir bayti “nun” harfi bilan tugagan) yoki “qasida albustiya” asari axloqodob mavzuida. Bustiyning bu asariga Zunnun ibn Ahmad asSaraxsiy va Abdulloh Nukrakar sharh yozgan, uni Badriddin Jojarmiy forsiyga ugirgan, 1899 yilda Bayrutda nashr etilgan. Bustiy ijodida tibbiyot, falakiyot, falsafa, fiqh va boshqa mavzular muhim o’rin tutgan. Uning ayrim asarlaridan parchalar alutbiy (“Kitob alyaminiy”), Ibn Xallikon (“Vafoiyat”), Yoqut (“Mo”jam aludabo”), Beruniy (“Hindiston”, “Saydana”) va boshqalarning asarlarida uchraydi. Ad.: Abdullayev I., Beruniyga zamondosh shoirlar, T.,1975.