BUTANLAR

BUTANLAR — to’yingan uglevodorodlar, umumiy formulasi [S4N]0. Molekulyar modda 58,123, rangsiz va hidsiz gaz. Ikki izomeri ma’lum: normal Butan SN3— SN2SN2SN3 va izobutan —SN—SN3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Butanlar to’yingan alifatik uglevodorodlardir. Ular neftni qayta ishlash hozirgi vaqtida chiqadigan gazlar tarkibida uchraydi. Normal butanni katalizator ishtirokida izomerlab izobutan, degidrogenlab divinil (kauchuk monomeri) va boshqa to’yinmagan uglevodorodlar olish mumkin. Izobutanni alkillab, neogeksan va izooktan olinadi. Butanlar motor yonilg’ilarining yuqori oktanli komponenti, buten, sirkakislota, malein angidrid olishda xom ashyo, uning propan va boshqa uglevodorodlar bilan aralashmasi gaz yonilg’i sifatida ishlatiladi.