BUTIL SPIRTLAR

BUTIL SPIRTLAR, butanollar, S4N, on — bir atomli spirtlar. Molekulyar modda 74,12. Rangsiz suyuqlik, o’ziga xos hidi bor. To’rtta izomeri ma’lum: birlamchi (butanol1) SN3SN2SN2SN2ON, ikkilamchi (butanol2) SN3SN2SNONSN3, izobutil (2metilpropanol1) (SN3)2 SNSN2ON, uchlamchi (uch metilkarbinol) (SN3)3SON. Butanol1 bilan butanol2 da uglerod atomlarining tarmoqlanmagan zanjirlari bor. Izobutil Butil spirtlarda asimmetrik uglerod atomi bo’lganligi sababli uch shaklda mavjud: ulardan ikkitasi optik faol, uchinchisi ratsemik (inaktiv) shakldir. Butil spirtlar etil spirt va efir bilan yaxshi aralashadi, spirtlarga xos hamma reaktsiyalarga kirishadi, uglevodlarni bijg’itish yo’li bilan, shuningdek sintetik usulda olinadi. Loklar, tsellyuloza, smolalar ishlab chiqarishda erituvchi sifatida, yuvish vositalarini sintez qilishda ishlatiladi.