BUTIROMETR
BUTIROMETR (Yunoncha butyron — yog’, moy va…metr) — sutdagi yog’ miqdorini aniqlaydigan asbob. Shkalali tsilindrsimon shisha idishdan iborat. Asosan, laboratoriya sharoitida ishlatiladi. Sutdagi yog’ miqdorini aniqlash uchun Butirometrga pipetkada 10 santimetr kub sulfat kislota, 11 santimetr kub sut va 1 santimetr kub izoamil spirt quyiladi. Idishning og’zi rezina tiqin bilan bekitilib chayqatiladi, bunda sutdagi boshqa moddalar erib, faqat yog’qoladi, yog’ miqdori Butirometr shkalasi ko’rsatgan darajaga qarab foizda aniqlanadi.