BUTLEROV ALEKSANDR MIXAYLOVICH
BUTLEROV ALEKSANDR MIXAYLOVICH [1828.25. 8 (6. 9), Chistopol shahri. 1886. 5 (17). 8, Butlerovka qishlog’i, hozirgi Tatariston Respublikasi] — rus kimyogari, N. N. Zmniining shogirdi. Qozon universitetini bitirgan (1849). Peterburg universiteti professor (1869 yildan), Peterburg Fanlar Akademiyasi ordinator akademik (1874 yildan). Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga ko’ra organik moddalarning xossalari molekulalardagi atomlar bog’lari tartibi, tuzilishi hamda ularning o’zaro ta’siriga muvofiqaniqlanadi. Birinchi bo’lib izomeriya hodisasini tushuntirib bergan (1864). Izobutilen polimerizasiyasini kashf etgan. Uchlamchi butil spirt (1864), izobutan (1866) va izobutilenlarni (1867) sintez qilib, ularning tuzilishini aniqlagan. Bog’dorchilik, asalarichilik, Kavkazda choy yetishtirish bilan ham shug’ullangan.