“BUFER KREDITLAR”

“BUFER KREDITLAR”, qalqon kreditlar — xalqaro valyuta fondi ajratadigan kredit turi. Jahon bozorlarida xom ashyo va materiallar narxini barqarorlashtirib turish maqsadida barpo etiladigan xom ashyo tovarlarining ehtiyot zaxiralarini saqlab turishni moliyalashga ajratiladi. Narxlar keskin pasayib ketganda “Bufer kreditlar”lar vositalaridan foydalanib xom ashyo xaridi ko’paytiriladi va shu yo’l bilan ularning zarur g’amlama darajasi to’ldiriladi.