BUXORO ZINDONI

BUXORO ZINDONI — Buxoro amirining qamoqxonasi. Buxoro zindoni 18-asr 2-yarmida, mang’itlar davrida qurilgan bo’lib, qadimgi shahristonning shimoliy g’arbiy burchagida, o’rta asrlarga oid Xo’ja Nizomiddin bolo guzarida joylashgan. Buxoro zindoni atrofi pishiq g’isht terib qurilgan va yuqorisi ham baland gashtin devor bilan o’ralgan tepalik ustidagi imoratlar majmuasidan iborat. Zindonga kichik peshtoqli va 2 tabaqali qadimgi yog’och eshigi bo’lgan darvozaxonadan kiriladi. Hovlisida turli davrlarga oid pastak g’ishtin binolar bor. Bular zindonbon xonasi, soliq to’lamaganlar, qarzdorlar va siyosiy mahbuslar hamda o’limga mahkum etilganlar uchun qurilgan xonalardir. Zindonbon (soqchilar) xonasi sahnida pastga, chukurlikka olib boriladigan keng tuynuk bor. Bu yo’lak orqali chohga tushiladi, uning diametrik 5 metr, chuqurligi 6,5 metr. Shu chuqurlikda mahbuslar saqlangan.