BUXORO MUDOFAASI

BUXORO MUDOFAASI (1220 yil Fevral) — shahar aholisining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi. Xorazmshoh Muhammad Movarounnahrga Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul istilochilari bosib kelayotganidan xabar topgach, mamlakat mudofaasi uchun noto’g’ri strategik usulni qo’llagan. U o’z qo’shinini Movarounnahrning barcha shaharlariga taqsimlab, har bir shahar mudofaasini o’z holiga tashlab ko’ygan. Xususan, Buxoro mudofaasi uchun amiroxur Ixtiyoriddin kushlu va Inonchxon (o’g’ul Hojib) rahbarligi ostida 30 ming kishilik qo’shin ajratilgan. Buxoroda bulardan tashqari amirlardan xam ID pur, Sevinchxon va Ko’kxonlar bor edi. Chingizxon va uning kichik o’g’li Tulixon mo’g’ullarning asosiy kuchlari bilan Buxoroni 1220 yil Fevralda qamal qilishgan. Buxoro amirlari uch ming kishi bilan tunda shahar qal’asidan chiqib mo’g’ullar qarorgohiga shabixun (tungi hujum) uyushtirdilar, biroq yengilib, ko’p talafot ko’rib yana shaharga qaytishga majbur bo’lganlar. Buxoro amirlari uch kunlik qamaldan so’ng mo’gullar halqasini yorib o’tib, Xurosonga ketishga qaror qilishgan. Biroq mo’gullar Buxoro qo’shinini pistirmaga tushirib, tormor keltirdilar, faqat Inonchxon ozgina qo’shin bilan qamalni yorib o’tishga muvaffaq bo’lgan. Himoyachilarsiz qolgach, shahar aholisining bir qismi taslim bo’lishga qaror qilib Chingizxon huzuriga qozi Badriddin Qozixon boshchiligidagi vakillarini jo’natgan. Biroq shaharliklarning va qo’shinning bir qismi (400 jangchi) yana 12 kun davomida arkka yashirinib bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashni davom ettirdi. Shahar butkul vayron qilinib, yondirib yuborilgach, aholining bir qismi qirib tashlangan, qolganini boshqa shaharlarni olishda qamal ishlarida foydalanish uchun haydab ketishgan. Chingizxon tovush bosqoqni Buxoro hokimi etib tayinlagan. Ld..Rashid addin, Sbornik letopisey, t. 1, kn. 2, M.L., 1952; Shixab addin Muxammad anNasavi, Jizneopisanie Sultana Djalal addina Mankburni, Baku, 1973; Mirzo Ulug’bek, to’rt ulus tarixi, T., 1994.