BUCHMA AMVROSIY MAKSIMILIANOVICH

BUCHMA AMVROSIY MAKSIMILIANOVICH (1891.14.3, Lvov 1957.6.1, Kiyev) — ukrain aktyori, rejissyor, pedagog, jamoat arbobi. Ukraina professional teatri asoschilaridan. Sahna faoliyatini 1905 yildan boshlagan. 1936-57 yillar Franko nomidagi teatrda ishlagan. Mashhur rollari: Krechet (“Platon Krechet”), Jeleznoe (“Vassa Jeleznova”), Ivan Kolomiytsev (“So’nggilar”), Makar Dubrava (“Makar Dubrava”) va boshqalar. Kinolarda ham suratga tushgan.