BO’Z YER
BO’Z YER — uzoq vaqt davomida ishlanmay yotgan, ekin ekishga yaroqli yer. Sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida Bo’z yer, asosan, sug’orish imkoni bo’lmaganligi tufayli saqlanib qolgan. O’rta Osiyo sharoitlarida Bo’z yer ekin maydonlarini kengaytirishning asosiy rezervi hisoblanadi.