BYUDJET STATISTIKASI

BYUDJET STATISTIKASI — aholining turli ijtimoiy guruhlari (sanoat ishchilari, xizmatchilar, injener-texnik xodimlar va boshqalar) turmush darajasini o’rganuvchi statistika sohasi; byudjet tekshiruvlari natijasida olingan statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish bilan shug’ullanadi. Oilalarning byudjetlari haqidagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilish iste’mol qonuniyatlarini ochib beradi. Bu qonuniyatlar xalq xo’jaligini rivojlantirish va barcha aholining farovonligini oshirish uchun rejalar tuzishda nazarda tutiladi. Shuningdek, byudjet statistikasi ma’lumotlaridan mamlakat milliy daromadi va uning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini hamda Real daromadlarni hisoblashda, mehnat resurslari balanslarini, qishloq xo’jalik mahsulotlari balanslarini tuzishda va iqtisodiy hisob kitob ishlarida ham foydalaniladi. O’zbekistonda byudjet statistikasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi olib boradi va o’rganadi.