BYUDJET TEKSHIRUVLARI

BYUDJET TEKSHIRUVLARI — oilalar byudjetini statistik usulda tadqiq etish. byudjet tekshiruvlari natijasida oilalarning daromadlari va daromad manbalari, ularning o’z daromad mablag’larini qanday maqsadlarda va qanday miqdorda sarflashlari haqida, oilalarning uy-joy va madaniy maishiy buyumlar bilan qanday ta’minlanganligi to’g’risida, oila a’zolarining tarkibi, mashg’uloti va ma’lumoti haqida axborotlar olinadi. byudjet tekshiruvlari bilan O’zbekistonda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi shug’ullanadi. Byudjet tekshiruvlarida oila byudjeti haqida tekshirilayotgan oilalardan so’rov va anketa to’ldirish yo’li bilan ma’lumotlar to’planadi.