BYUDJETDAN MOLIYALASH
BYUDJETDAN MOLIYALASH — davlat (mahalliy) byudjetdan davlat buyurtmalarini amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash (ta’minlash) bilan bog’liq xarajatlarga pul mablag’lari ajratish. byudjetdan moliyalash umumdavlat maqsadlaridagi tadbirlarni bajarish, to’la yoki qisman davlat pul ta’minotida bo’lgan tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlarning xarajatlari uchun pul vositalari (byudjet assignasiyalari) ajratish shaklida amalga oshiriladi. Masalan, davlat boshqaruvi mahkamalari, armiya, militsiya, politsiya, sud organlari, qisman fan, madaniyat, maorif, sog’liqni saqlash, mudofaa tashkilotlari va muassasalari davlat va mahalliy byudjet vositalari hisobidan ta’minlanadilar.