BYUDJET YILI
BYUDJET YILI — qonuniy ravishda tasdiqlangan davlat byudjeti rejasining bajarilishi belgilangan muayyan davr, muddat (to’liq bir yilni o’z ichiga oladi). Asosan Byudjet yili davlatlarda kalendar yili bilan boshlanadi va tugaydi. Ayrim mamlakatlarda esa boshqa muddatlar amal qiladi (masalan, Buyuk Britaniya, Yaponiyada Byudjet yili kalendar yilining 1 apreldan boshlanib kelgusi yilning 31 martigacha, Kanadada 1 iyuldan kelgusi yilning 30 iyunigacha, AQShda 1 oktabrdan kelgusi yilning 30 sentabrgacha, Turkiyada 1 martdan kelgusi yilning 28 Fevralgacha davom etadi). Keyingi vaqtda ko’pchilik davlatlar hisobkitoblarni osonlashtirish maqsadida kalendar yili bilan boshlanadigan Byudjet yiliga o’tmoqdalar, jumladan O’zbekistonda ham Byudjet yili kalendar yiliga muvofiq keladi.