BYORNSON (BJORNSON) BYORNSTERNE MARTINIUS
BYORNSON (BJORNSON) BYORNSTERNE MARTINIUS (1832.8.12, Kvikne—1910. 26.4, Parij) — norveg yozuvchisi, jamoat va teatr arbobi. Norveg milliy dramaturgiyasi va adabiy tanqidchiligi asoschisi. Bergendagi norveg teatri (1857-58) va Kristianiya teatri (1865-67) ga rahbarlik qilgan. Tarixiy ijtimoiy dramalar (“Janglar orasida”, 1858; “Yovuz Sigurd”, 1862; “Mariya Styuart, Shotlandiya qirolichasi”, 1864; “Irodamizdan tashqari”, 1883-95), povest (“Syunneve Sulbakken”, 1857; “Baliqchi ayol”, 1868 va boshqalar), she’rlar, shu jumladan Norvegiya gimni muallifi. Nobel mukofoti laureati (1903).