CHANGQO’BIZ
CHANGQO’BIZ, changqovuz — tilchali cholg’u asbobi. Plastinkasimon va yoysimon turlari bor. Suyak, yog’och, qamish, g’arov, metalldan yasaladi. Osiyo (Sibir, uzoq Sharq, O’rta Osiyo), Afrika va Yevropa xalklarida turli nomda tarqalgan bo’lib, musiqiy folklor qatlamiga mansub cholg’udir. Changqo’biz tishlarga yaqin ushlab yoki bosib turib, tilchasi (turiga qarab) unga bog’langan ip yordamida tortib yoki qo’l barmoklari (odatda, ko’rsatgich barmoq) bilan tirnab chalinadi. Undan ma’lum balandlikdagi doimiy bir ovoz va shu ovoz obertonlaridan og’iz artikulyatsiyasi yordamida muayyan ohanglar chiqariladi. Ovozning balandpastligi og’iz bo’shlig’ining kattakichik ochilishiga, cholgu tilchasining uzun va qalinligiga bog’liqdir. Changqo’biz o’ziga xos past ovozi, nisbatan tor (oktava doirasidagi) diapazoni bilan ajralib turadi. O’tmishda o’zbeklarda suyak Changqo’biz (“Alpomish” dostoni) va temir Changqo’biz turlari bo’lib, asosan, xotin-qizlar tomonidan qo’llanilgan. Hozir O’zbekistonda, asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, shuningdek, Samarkand va Buxoro viloyatlarida temir Changqo’biz tarqalgan. 1990-yillardan boshlab ba’zi folklor-etnografik jamoalar tomonidan keng ishlatiladigan bo’ldi. Changqo’biz ma’lum temir changqo’biz. marosim bilan bog’liq bo’lmay, unda oddiy (ba’zida badiha uslubidagi) kichik kuylar (“Changqo’biz kuy” yoki ” Changqo’biz chertit”) chalinadi. Shuningdek, Changqo’bizda turli hayvonlarning ovozlariga o’xshatmalar qilinadi.