CHAPAQAYLIK

CHAPAQAYLIK — irsiyatga bog’liq holat; bunda ba’zi maqsadga muvofiq harakatlarni bajarishda ko’proq chap qo’l ishlatiladi. Odam bosh miyasining ri-vojlanish jarayonida funktsiyalar chap va o’ng yarim sharlar o’rtasida taqsimlanadi. Chap yarim shar zimmasiga nutq, o’qish, yozish, hisoblash, analitik faoliyatning (logik, matematik) murakkab shakllari, o’ng yarim shar zimmasiga esa konkret obrazli faoliyat (tashki olamdagi narsalarning ko’rinishi, tovushi, rangi va boshqalar bo’yicha aniqlash) tushadi. Oyoq-qo’llar harakatini bajarishda ikkala yarim shar qatnashadi; chap yarimshar ixtiyorida o’ng qo’l va oyoq, o’ng yarim shar ixtiyorida chap qo’l va oyoq bo’ladi. Ko’pchilik kishilarda chap yarim shar ustunlik qilganidan o’ng qo’l ko’proq ish bajaradi; o’ng qo’l yordamida ishlash, ovqat yeyish va boshqalar odatdagi holat. Chapaqaylarda bosh miyaning o’ng yarim shari funktsiyasi chap yarim sharnikidan ustun turadi. Rivojlanishning har ikkalasi: o’naqaylik ham, Chapaqaylik ham normal hisoblanadi. Biroq turmushda va ishlab chiqarishda hamma asboblar va mehnat qurollari o’naqaylarga mo’ljallanganligi tufayli chapaqay bolalarni o’naqaylikka o’rgatish maqsadga muvofiq. O’naqaylik va Chapaqaylikni aniqlash nevropatologiyada muhim ahamiyatga ega.