CHO’L ZONALARI

CHO’L ZONALARI – tabiiy landshafti, asosan, “fglardan iborat geografik zonalar. Shimoliy yarim sharning mo’tadil mintaqasida, shimol va Janub yarim sharlarning subtropik va tropik mintaqalarida tarqalgan. Namgarchilik kam, yillik yog’in 200 millimetrgacha, ba’zi yerlarda 500 millimetrgacha. Relefi tog’lik, past tog’lar, tekisliklar, qadimdi daryo vodiylari va berk ko’l botiqlaridan iborat. Eol relef shakli keng tarkalgan. Cho’l zonalarining katta qismida oqar suvlar bo’lmaydi, ba’zan ularni tranzit daryolar kesib o’tadi. O’z chegaralari va maydoni hamda suv sathini tez-tez o’zgartirib turadigan va ba’zan qurib qoladigan ko’llar va mavsumiy soy ko’p. Yer osti suvlari minerallashgan bo’ladi. Tuproqlari yaxshi rivojlanmagan, sho’rxok va sho’rtoblar bilan qoplangan. O’simlik dunyosi siyrak bo’lib, ba’zi yerlarda butunlay o’smaydi. Kserofil va galofil o’simliklar — Osiyo cho’llarida saksovul, efemer va shuvokdoshlar, shimoliy Amerikada kaktusdoshlar, kreozotlar o’sadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Kemiruvchilar va sudraluvchilar asosiy o’rinni egallaydi. Cho’l zonalarida yaylov chorvachiligi rivojlangan, sug’orib dehqonchilik qilinadi.