Serbiya

Rasmiy nomi — Serbiya Respublikasi. Poytaxti — Belgrad. Hududi — 73,1 ming km.kv. Aholisi — 7 mln kishidan ortiq (2012). Tili — serb. Dini — pravoslav, musulmonlar ham bor. Pul birligi — serb dinori  Geografik joylashuvi va tabiati. Serbiya Yevropanining janubi sharqida. Bolqon yarimorolining markazida joylashgan. Uning hududini G’arbiy va Markaziy Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrika bilan bog‘lovchi magistrallar kesib o‘tadi. 7 ta davlat bilan chegaradosh: Sharqda — Bolgariya, shimoli sharqda — Ruminiya, shimolda — Vengriya, g’arbda — Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, janubi g’arbiy hududlari Chernogoriya bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi — 2397 km.  Serbiyaning shimoliy qismlarida hosildor Voye­vodina pasttekisliklari joylashgan. Markaziy qismida o’rmonlar bilan qoplangan tepaliklar bor. Janubida baland tog‘lar, tog’ daryolari kesib o‘tadigan keng o’rmonli massivlar joylashgan.  Serbiya umumiy maydonining 55%i ishlov beriladigan, 24%i esa o‘rmon bilan qoplangan yerlar hisoblanadi, eng baland tog‘ — Prokletiye bo‘lib, uning eng baland cho’qqisi — Jerivitsa (dengiz sathidan 2656 m baland) hisoblanadi. Yana 15 ta cho’qqilari 2000 m dan baland.   Iqlimi — mo’tadil kontinental, o’simlik va hayvonot dunyosi juda boy. 0‘rmonlarining 4/5 qismi bargli, 1/5 qismi ignabargli o‘rmonlardir. Serbiya hududlarida ayiq, to’ng’iz, bo‘ri, tulki, quyon, yowoyi echki, ohu, silovsin, bug‘u, tog` echkisi va hokazolar uchraydi. Qushlar dunyosi ham xilma-xil. Yevropa tabiatida mavjud bo‘lgan 666 turdagi qushlardan 508 turi Serbiyada uchraydi. Daryo, ko‘l va kanallarda har hil turdagi baliqlar ko‘p. Serbiya hududlari rudalar, mine- rallarga boy: mis, oltin, kumush, qo’rg’oshin, rux, ko’mir va hokazolar. Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishiga ko’ra parlamentar respublika. Ijro etuvchi hokimiyat umumiy, to‘g‘ridan to’g‘ri saylovlarda 5 yil muddatga saylanadigan prezidentga va rais boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Rais parlament tomonidan tasdiqlanadigan hukumat tuzadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 1 palatali parla­ment — Skupshina. Skupshina deputatlari (250 ta) 4 yil muddatga xalq tomonidan saylanadi.  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatining rivojlangan sohalari: oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo, metallga ishlov berish, avtomobil, qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish, maishiy asbob-uskunalar, mineral o‘g‘itlar, dori-darmon, keng iste’mol mollarini va yog‘ochni qayta ishlash sanoati yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo’jaligida asosan makkajo‘xori, bug‘doy, qandlavlagi, kartoshka, olxo‘ri va uzum yetishtiriladi. Chorvachilik ham taraqqiy etgan. 2012-yil YMM 75,5 mlrd AQSH mlrd dollarni (aholi jon boshiga 10,2 ming doll.) tashkil etgan.  Tarixi. Hozirgi Serbiya hududlarida m. a. II ming yillikning 2-yarmida illiriy, frakiy, keyinchalik kelt qabi- lalari yashay boshlagan. VI-VII asrlarda Serbiya hudud­larida slavyanlar paydo bo‘lgan. IX asrning 2-yarmida serblar xristianlikni qabul qilgan. X asr o‘rtalarida yirik davlat — serb knyazligi paydo boigan. 1217-yili qirollikka aylangan. 1389-yili Kosovo maydonidagi jangda serblar turk qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng Serbiya turklarga qaram bo‘ldi, 1459-yili esa Turkiya tarkibiga qo‘shib yuboriladi. XVIII asr oxiridagi Rossiya, Turkiya urushlari serb xalqining milliy ozodlik harakatiga turtki bo’ldi. Turkiya sultonining 1830-1833-yillardagi farmonlariga ko‘ra Serbiya Turkiya panohi ostidagi o‘zini o’zi idora qiladigan avtonom knyazlik deb e’lon qilindi. 1838-yili Turkiya sultoni Serbiyada konstitutsiya joriy qildi. 1918-yil 1-dekabrda Serb, Xorvat va Slovenlarning birlashgan qirolligi tuzildi. 1941-yil aprelda Serbiya nemis-fashist qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Nemislar Belgradda general M.Nedich boshchiligida qo‘g‘irchoq «Serb hukumati»ni tuzishdi. 1945-yil 29-noyabrda Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi e’lon qilingach Serbiya Yugoslaviya tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. XX asrning 90-yillari boshlarida YSFR parchalanishi oqibatida Serbiya Chernogoriya bilan birgalikda yagona konfederatsiyaga birlashdi. 2006-yil mayda o‘tkazilgan xalq referendumi natijalariga ko‘ra mustaqil davlatga aylandi. AQSH va bir qator Farb mamlakatlari qo‘llab-quvvatlashi tufayli Serbiyaning Kosovo avtonom hududi 2008-yil 17-mart kuni o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Uni 20 dan oshiq davlat tan oldi.