DAVLATOV SOLI BOLTABOYEVICH
DAVLATOV SOLI BOLTABOYEVICH (1932.23.9, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — xujjatli kino rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1982). 1965-93 yillar O’zbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasida rejissyor. Faoliyatini havaskor sifatida boshlab, “Amu sohilida” hujjatli filmini (1964, Respublika ko’rigida 1-o’rin berilgan) suratga olgan. Eng yaxshi filmlari: “Ikki orden”, “Jon Andijonim”, “O’zbek atlasi”, “Chiriyotgan xotira”, “Beruniy”, “Al-jabr — algebra”, “Hamid Olimjon”, “Surxon tongi” (Riga kinofestivalida Bosh sovrin olgan, 1985), “Yerga mehr”, “Navro’z kelganda”, “Yo’qotgach, kuyunamiz” va boshqalar.