DAVLETOV FARHOD KARIMOVICH

DAVLETOV FARHOD KARIMOVICH (1957.24.11, Xiva) —xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (2001), Qozog’istonda xizmat ko’rsatgan artist (1995). Yoqimli, jozibali, keng ko’lamli ovoz sohibi. Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1985). Xonandalik san’ati sirlari va Xorazm maqom yo’llarini O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Yu. Jabborov, R. Qurbonov va ayniqsa, R. Jumoniyo’zovlardan o’rgangan. 1980-91 yillari Xiva tumanidagi turli ashula va raqs ansambllarida yetakchi xonanda, badiiy rahbar, Xiva shahridagi 2 – madaniyat uyi direktori. 1991 yildan Xiva tumani 2 – qishloq madaniyat uyi hamda “Feruz” maqom ansamblining badiiy rahbari. Repertuaridan asosan “Rost”, “Dugoh”, “Segoh”kabi Xorazm maqom yo’llari va suvoralari o’rin olgan. Qozog’istonda o’tkazilgan O’zbekiston madaniyati va san’ati dekadasi qatnashchisi (1995), Gollandiyada gastrolda bo’lgan (1996). Respublika maqom ijrochilarining tanlovi laureati (3 – o’rin, 1987), K. Otaniyozov nomidagi Respublika tanlovi g’olibi (1987).