Gviana

Rasmiy nomi — Gviana (Fransiya “dengizorti departamenti” va regioni). Poytaxti — Kayenna. Hududi — 91000 km.kv. Aholisi — 200 mingdan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — katolik. Pul birligi — fransiya franki. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning shimoli sharqida, Atlantika sohilida joylashgan davlat. Surinam bilan g‘arbda, Braziliya bilan janubda va sharqda chegaradosh. Gviana markazida yassitog‘liklar mavjud, shimolda tekislik, janubda esa tog’lar bilan o‘ralgan. Iqlimi — issiq, ekvatorial. Atlantikaga qarab ko‘plab daryolar oqadi. Hudud oltin, boksit zaxiralariga boy. Gviana hududining 96,7% i noyob turdagi o‘rmonzorlar bilan qoplangan.  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Siyosiy tuzumi — region, Fransiyaning «dengizorti departamen­ti». Region boshlig‘i — Fransiya Respublikasi Prefekti, Bosh Kengash Raisi. Gviana 20 okrugga (kanton), okruglar esa kommunalarga bo‘lingan. Siyosiy par­tiyalari: Fransiya siyosiy partiyalarining mahalliy boiimlari, Gviana demokratiyasi ittifoqi, Gviana xalq milliy partiyasi, Gviana sotsialistik partiyasi, Valvari komiteti, Taraqqiyot kuchlari. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Gvi­ana — iqtisodiy qoloq mamlakat. Oltin qazish, elektr quwati ishlab chiqish, yog‘ochni qayta ishlash sanoat korxonalari mavjud. Baliq ovlash — iqtisodning ilg‘or tarmog‘idir. Chorvachilik, boshoqli o‘simliklar, sabzavot, sholi, maniok, banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Gviana o‘zining Kuru (Kourou) kosmodromidan Ariane raketalarini Yevropa Kosmik Agentligi dasturlari asosida uchiradi. Yirik shaharlari: Kuru, Sen-Loran-dyu-Maroni. Portlari: Kayenna, Degra-de-Kann. Romambo xalqaro aeroporti mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Trinidad va Tobago, AQSH, Yaponiya.

Tarixi. 1499-yil ispanlar tomonidan kashf qilingan. 1604-yildan Fransiya mustamlakachiligiga asos solindi. Bu hududlar uchun Ispaniya bilan Niderlan­diya, Birlashgan Britaniya, Portugaliya urushlar olib borgan. 1817-yildan Fransiya mulkiga aylandi. XVIII asr oxiri — XX asr o‘rtalarigacha Gvianaga fransuz siyosiy mahbuslari qatag‘on qilinganlar. Gvianaga 1946-yil Fransiyaning dengizorti departamenti, 1975-yil — region maqomi berildi. Gvianada hanuzgacha mustaqillik uchun kurash davom etmoqda.