Gambiya

Rasmiy nomi — Gambiya Respublikasi. Poytaxti — Banjul. Hududi – 11,3 ming  km2. Aho­lisi – 1,7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Ditii — islom. Pul birligi — dalasi.  Geografik joylashuvi va tabiati. Gambiya G‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubda, shimolda va sharqda faqat Senegal bilan chegaradosh. G‘arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakat maydoni asosan tekisliklardan iborat. Eng yirik daryosi — Gambiya. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 6 ta ma’muriy viloyatga bo‘lingan. Ijroiya hokimiyat prezidentga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament. Gambiya 1965-yilning 18-fevralida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy Taraqqiyot partiyasi, Gambiya Xalq partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Tabiiy resurslaming yetishmasligi va dehqonchilikning rivojlanishi uchun tabiiy sharoitning o‘ta noqulayligi Gambiyani dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biriga aylantirgan. Mamlakat sanoati o‘ta zaif rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi YMMning 30% ini yetishtirib beradi. Eksportga chiqaradigan mahsulotlarining 75% ini turli yong‘oqlar va yong‘oq mahsulotlari tashkil etadi.  Tarixi. Bugungi Gambiya hududlari XIII-XV asrlarda Mali imperiyasi tarkibiga kirgan. XV asr oxiri va XVI asrda Songay imperiyasi bu yerlarni o‘z tarkibi­ga qo‘shib olgan. XV asrda ilk bor portugallar Gambiya sohillariga kelib joylashgan. XVIII asrga kelib portugallarni inglizlar Gambiyadan siqib chiqarishdi. Versal shartnomasiga ko‘ra Gambiya 1888-yilda Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi. Gambiya 1965-yil 18-fevralda mustaqillikka erishdi. 1981-yil 12-dekabrda Gambiya va Senegal o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bu ikki davlat Senegambiya erkin konfederatsiyasiga birlashdi. Lekin 1989-yil bu kelishuv bekor qilindi.