Madagaskar

Rasmiy nomi — Madagaskar Respublikasi. Poytaxti — Antananarivu. Hududi — 587041 km.kv. Aholisi – 20 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — malagasi va fransuz. Dini — majusiylik (50%), xristianlik (37%), islom (5%), Pul birligi — malagasi franki.  Geografik joylashuvi va tabiati. Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi Madagaskar orolida joylashgan davlat. Madagaskar oroli Afrikaning sharqiy qirg‘oqlaridan Mozambik bo‘g‘ozi bilan ajralgan bo‘lib, kattaligi jihatidan dunyoda 4-o‘rinda turadigan oroldir. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 4828 km. Orolning butun sharqiy qismida shimoldan janubga qarab vulqon yassitog‘ligi cho‘zilib ketgan boiib, uning eng yuqori qismi shimolda joylashgan Saratona massividir. Unda mamlakatning yuqori nuqtasi Moromonotro tog‘i (2876 m) bor. Sharqiy sohil bo‘ylab ingichka qirg‘oqbo‘yi tekisligi o‘tgan. Orolning g’arbida katta quyi pasttekisliklar mavjud. Mamlakatning asosiy daryolari — Manguki, Bemorivu, Betsibuka. Eng katta ko‘li — Alaotra. Orolda nikel, kobalt, grafit konlari bor. Boshqa tabiiy resurslardan baliq va dengiz mahsulotlari ko‘p olinadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy yerlarning 4% ini, o‘tloq va yaylovlar — 58% ini, o‘rmon va changalzorlar 26% ini tashkil qiladi. Iqlimi — tropik.  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibida 6 ta faritani (provinsiya) bor. Madagaskaming mustaqilligi 1960-yil 26-iyunda e’lon qilingan (ilgari Fransiya mustamlakasi bo‘lgan). Bu sana milliy bayram sifatida nishonlanadi. Qonunchilik Fransiya fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministrga (Ministrlar Kengashi raisi) tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament — Senat (yuqori palata) va Milliy yig‘in (quyi palata) tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy siyosiy partiyalari: Taraqqiyot va demokratiya uchun milliy ittifoq, Madagaskar mustaqilligi kongressi partiyasi, Madagaskar yangilanish avangardi partiyasi, Fixaonan par­tiyasi.

 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Madagaskar — dunyoning kambag‘al davlatlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotida asosiy sektor — agrar (baliqchilik va o‘rmonchilik qo‘shilganda) sektor hisoblanadi. Bu tarmoq YIMning 40% ini va eksportdan tushadigan valyuta tushumining 70% ini beradi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari qahva va shirinliklar. Sanoat (YIMning 20% i) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va to‘qimachilik bilan cheklangan. Sanoatni rivojlantirish davlat tomonidan ta’minlanadi. Chet el investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, ularning ehtiyot qismlariga qattiq nazorat o‘matilgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Germaniya, AQSH. Temiryo`llarining umumiy uzunligi — 1020 km, avtomobil yo‘llaming uzunligi — 40000 km (4694 km — qattiq qoplamali yo‘llar). Asosiy portlari: Anseranana, Maxadzonga, Tuamasina, Tuliara.Tarixi. XII asrda kelib chiqishi indoneziyalik va afrikalik bo‘lgan xalqlar kelib joylashishdi va arablarning dastlabki shahar koloniyalari paydo bo‘ldi. XIV-XV asrlarda esa orolning markaziy qismida Imerin davlati vujudga keldi. Orolni yevropaliklardan birinchi bo‘lib 1500-yili portugal sayyohi Diyego Dias ochdi. XVII asrda orol hududi ko‘plab mayda knyazliklarga bo‘linib ketgan edi. XVIII asrda ular yagona Merina qirolligiga birlashishdi. Madagaskar 1885-yili Fransiya protektorati, 1896-yili esa mustamlakasiga aylandi. 1958-yili o‘z-o‘zini boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan Madagaskar 1960-yili mustaqil davlat bo‘ldi. 1972-yili mamlakatda harbiy to‘ntarish o‘tkazildi, 1975-yili esa prezident Ritsiroka mamlakatni Madagaskar Demokratik Respub­likasi deb e’lon qildi. 1991-yili mamlakatda hukmron avtoritar tartiblarga qarshi chiqishlar bo‘ldi, biroq ular shafqatsiz bostirildi. 1993-yili prezident saylovlarida muxolifatchi kuchlar lideri Zofi g‘alaba qozondi.