Baliqlar organizmida hayvonlarga xos barcha jarayonlar kechadi va u buning uchun zarur bo’lgan barcha a’zolarga ega. Odamlar tez-tez baliqlarning yuragi bormi, ular eshitadimi, hidni biladimi kabi savollarni berishadi. Baliqlarning oshqozoni, ichaklari, asab sistemasi mavjud, og’riq va rohatni seza oladi. Ularning sezgisi nihoyatda o’tkir, ta’mni esa terisi orqali aniqlaydi. Ular hid bilish a’zolariga ega, ularning tanasi ichida quloqlari bor. Baliqlar hamisha suv o’tib turadigan oyqulog’i yordamida nafas olishini bilamiz. Ammo birmuncha muddat suvsiz yashay oladigan baliqlar ham bor. Bu jihatdan uchar baliq juda g’alati. U o’z dumini keskin harakatlantirib, shitob bilan suzadi. So’ng o’z suzgichlarini rostlab olib, shiddat bilan suvdan sakraydi. U suv ustida bir necha yuz metr uzoqlikka uchib bora oladi. Yana bir g’alati baliq — o’rmalovchi olabug’adir. U uzoq sharqda yashaydi. Ayrimlarining bo’yi 8 santimetrdan 20 santimetrgacha bo’ladi. Ular oyqulog’ini qoplab turgan harakatlanuvchi tangachalari yordamida qirg’oqqa chiqa oladilar. Ular tangachalari bilan yerga tirmashib oladilar. Dumi va suzgichi bilan surilib, u yer ustida “sayru sayron” qilib yuradi! Ustiga ustak ularni uzunligi 1,5 metr keladigan daraxtlar ustida ham uchratsa bo’ladi. Bu g’aroyib mavjudotlarning oyqulog’i birmuncha vaqt havodan nafas olishga moslashgan. Balchiqdan chiqmaydigan shkiper degan baliq bor, qaysidir tomonlari itbaliqqa o’xshab ketadi. U o’zining old suzgichlari yordamida yerda sakrab yurishi va daraxtlarga tirmashib chiqishi mumkin. Afrikada yashaydigan bir tur baliqning o’pkasi juda rivojlanganidan suvdan tashqarida ham bemalol yashaydilar. Qurg’oqchil mavsumlarda ular o’zlarini balchiqqa uradilar va pilla bo’lib olib, butun yozni suvsiz o’tkazadilar.
 
                         
                     
                    Damachchi qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    Dam qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    Daliguzar qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    Dalvarzin qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    Go’rimiron qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    ARXIPELAG, Gretsiya arxipelagi haqida nimani bilasiz?
 
                         
                     
                    ARSHAKIYLAR Parfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh bo’lgan shohlar sulolasi haqida nimani bilasiz?
 
                         
                     
                    Gurlan qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    Gurjiravot qishlog’i haqida eshitganmisiz?
 
                         
                     
                    
