DARYO SISTEMASI

DARYO SISTEMASI — muayyan Daryo havzasida bir-biriga qo’shilib boruvchi daryolar majmui. Asosiy Daryo va uning 1-tartibli, 2-tartibli va hokazo irmoqlardan tashkil topadi. 1-tartibli irmoklar bevosita asosiy daryoga quyiladi, 2-tartibli irmoqlar 1-tartibli irmoqlarga quyiladi. Yirik daryolarda 20 tagacha tartibli irmoqlar bo’ladi. Daryo sistemasi eng uzun va sersuv bo’lgan asosiy Daryo nomi bilan ataladi. Masalan, Sirdaryo sistemasi, Volga sistemasi.