DASHTIY
DASHTIY — 1) Eron mumtoz musiqa merosidan o’rin olgan tasniflardan; 2) Ozarbayjon Mug’om yullaridan biri; 3) Dashti Navo, o’zbek mumtoz turkum (ikki qism)li cholg’u asari: Navo maqomi yo’llaridagi tasniflarga o’xshash, shakli va tovushlar ko’lami ixcham bo’lib, asosan surnay va qo’shnay ijrochiligidan o’rin olgan. Uning 1-qismi erkin, badihago’y uslubda bo’lib, 2-qismi Ufar usuliga tushirilgan.