DEVASHTICH QO’ZG’OLONI
DEVASHTICH QO’ZG’OLONI (721- 722) — Panjikentda arablar zulmiga qarshi bo’lib o’tgan xalq harakati. G’urak boshliq So’g’d aslzodalarining bir qismi arablar tomoniga o’tgach, Panjikent hokimi Devashtich rahbarligida aslzoda dehqonlarning bir qismi kurashni davom ettirgan. Devashtich o’zini Panch (Panchikant) hokimi (xvabu), So’g’d podsho (ixshid) si deb e’lon qildi. Arablarning Xurosondagi noibi Sa’id Xarashiy qo’zg’olonni bostirish uchun katta qo’shin yuborgan. Qo’zg’olonchilar qum qishlog’i yonida bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab, Mug’ tog’idagi mustahkam qal’aga yashirindilar. Arablarning ta’qib etmaslik to’g’risidagi va’dasidan so’ng qo’zg’olonchilar taslim bo’ldi. Sa’id Xarashiy so’g’dliklar qarshiligini bostirganligiga qaramay, Movarounnahrda arablarga qarshi kurash davom etaverdi. Ad.: Kadirova T., Iz istorii krestyanskix vosstaniy v Maverannaxre i Xorasane v 8 i nachale 9 vv., T., 1965; Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.