DEGREZTEPA
DEGREZTEPA — shahar xarobasi (1 — 5-8-asrlar). Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Degrez suv omborining Janubi-g’arbida. To’g’ri to’rtburchak tarxli. Maydoni 6 gektardan ortiq. Mudofaa devorlarining qoldiqlari tepaliklar (eni 10 metr, bo’yi 4 metr) sifatida saqlanib qolgan. Burchaklar minoralar bilan himoyalangan. 3 ta darvozasi bo’lgan. Shahar arkining atrofi xandaq bilan o’ralgan. Kushonlar davri va ilk o’rta asrlarga oid sopol idishlar topilgan.