DEKATRON

DEKATRON [Yunoncha deka — o’n va (elek) tron] — o’nta katod guruhi bo’lgan ion asbob; o’rtasida anod va katod joylashgan gaz aralashmasi (vodorod, geliy, neon) to’ldirilgan ballondan iborat. Elektr impulslarni hisoblashda va elektr zanjirlarni uzib-ulashda foydalaniladi. Ishi elektr impulsi ta’sirida anod va katod orasidagi gazda vujudga keladigan razryadning bir tomonga — bir katoddan ikkinchisiga (birinchisidan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va hokazolar, o’ninchi impulsdan keyin Dekatron dastlabki holatiga qaytadi) siljishiga asoslangan. Dekatron hisoblash va o’lchash texnikasida, yadro va sanoat elektronikasi va boshqalarda qo’llanadi.