DIZ…

DIZ… (lotincha dis…) — yasama so’zlar tarkibiy qismi: qiyinchilikni, buzilishni, parokandalikni, bo’linishni, yo’qotishni anglatadigan so’zlarning old (unli harflardan oldin qo’yiladigan) qo’shimchasi (dizartriya, dizassosiasiya). Undosh harfdan oldin dis… yoziladi.

DIZ (so’g’dcha) — qo’rg’on, qal’a. Masalan, Ohanin diz — temir qo’rg’on, mustahkam qo’rg’on. “Devonu lug’otit turk” AE. yozilishicha, “Tajiz — baland er, forslar shaharlarini shu so’zdan “diz” shaklida o’zgartirib olganlar”. Eron va O’rta Osiyodagi “Dizak” toponimlari “Qo’rg’oncha”, “Qal’acha” ma’nosini bildiradi.