DEFLYATSIYA

DEFLYATSIYA (lotincha deflo — puflayman), geologiyada.

DEFLYATSIYA (iqtisodiyotda), dezinflyatsiya — inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qog’oz pulni kamaytirish; davlat to-monidan muomaladagi pul mikdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qog’ozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi o’sishiga yo’l qo’ymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar o’sishini rag’batlantirish va boshqalar). Statistik jihatdan Deflyatsiya muomaladagi pul massasi umumiy hajmining yalpi mahsulot, tovar muomalasi va pulli xizmatlar qiymatlari yig’indisiga nisbati bilan ifodalanadi. Odatda, Deflyatsiya ni davlatlar pul islohoti arafasida o’tkazadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1925 yil pul islohotidan 2 yil oldin — 1923 yilda muomaladagi pullar 541 million funt sterlingdan 378 million funt sterlinggacha kamaytirilgan. 2-jahon urushidan keyin ko’pgina boshqa davlatlarda ham muomaladagi pul miqdorini kamaytirish, tovar narxining o’sishini susaytirish va boshqa tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekistonda yangi so’m muomalaga kiritilgunga qadar (1994 yil 1 iyul) Deflyatsiya tadbirlari amalga oshirildi.