DERMATOZLAR
DERMATOZLAR — teri va uning hosilalari (soch, tirnoq va boshqalar) kasalliklarining umumiy nomi; alohida kasallik yoki boshqa biror umumiy kasalliklarning belgisi bo’lishi mumkin. Tashki (ekzogen) va ichki (Endogen) Dermatozlar farq qilinadi. Tashqi Dermatozlarga atrof muhitdagi fizik (mexanik qitiqlovchilar, nur, issiq yoki sovuq va boshqalar), kimyoviy (ishlab chiqarish va uy-ro’zg’orda qo’llaniladigan kimyoviy vositalar, dorilar, oziq-ovqatlar) va biologik (mikroorganizmlar, hasharotlar va boshqalar) omillar sabab bo’ladi. Ichki Dermatozlar moddalar almashinuvining buzilishi, ichki kasalliklar, xususan me’da-ichak kasalliklari, tish, murtak, o’t pufagi va boshqa a’zolardagi mavjud infektsiyalar tufayli paydo bo’ladi. Ko’proq kasbga aloqador va allergik Dermatozlar kuzatiladi. Kasallikning kechishi uning etiologidek va patogenezja bog’liq.