DESTRUKTSIYA
DESTRUKTSIYA (lotincha destructio — parchalanish) — makromolekulalardagi kimyoviy boglarning uzilishi natijasida ularning polimerlanish darajasi yoki molekulyar massasining kamayishi bilan kechadigan jarayonlarning umumiy nomi. Kimyoviy bog’larning uzilish joyiga qarab Destruktsiya asosiy va yon zanjirlar Destruktsiyasiga bo’linadi. Destruktsiyaga tashqi ta’sirlar (issiqlik, ionlashtiruvchi radiatsiya, mexanik kuchlanish, yorug’lik, oksidlovchi muhit, namlik va boshqalar) sabab bo’ladi. Ko’p hollarda Destruktsiya bir vaqtda bir nechta tashqi ta’sir (masalan, issiqlik va kislorodli muxit — termooksidlovchi Destruktsiya) natijasida ro’y beradi. Destruktsiya jarayonida polimerlarning xossalari o’zgaradi, ular asosida tayyorlangan maqsulotlar buziladi. Shu sababli polimerlarni stabillashtirishning turli usullari ishlab chiqilgan. Ba’zi hollarda Destruktsiya jarayoni foydali hisoblanadi. Masalan, polivinilasetatni ishqoriy gidrolizga uchratib polivinil spirt, tsellyuloza va kraxmalni gidrolitik Destruktsiyadan foydalanib turli qandlar olinadi. Destruktsiya polimerlarning kimyoviy tuzilishini aniqlashda ham qo’llaniladi.