DETEKTORLI RADIOPRIYOMNIK

DETEKTORLI RADIOPRIYOMNIK — radiostantsiyadan qabul qilingan signallarni kristallik detektorlar yordamida tovush signallariga aylantirib beradigan radiopriyomnik; ishi kabul qilingan radioto’lqinlar energiyasi hisobiga amalga oshadi. Detektorli radiopriyomnik, odatda, tebranish konturi LC, kristallik detektor D (yarimo’tkazgichli diod), telefon T va blokirovka kondensatori S6 lardan iborat. Kondensator sigami S o’zgartirilganda tebranish konturi radiostantsiyadan qabul qilingan chastota bilan rezonans hosil qiladi. Bu bilan chastotasi rezonans chastotasidan farq qiluvchi barcha signallar susaytiriladi. Kristallik detektordan chiqayotgan yuqori (radio) chastota toklari asosan kondensator S6 dan, past (tovush) chastota toklari esa telefon orqali o’tadi. Antenna qanchalik baland o’rnatilsa va yerga ulash yaxshi bajarilsa, bir necha ming kilometr masofada joylashgan kuchli radiostantsiyalarning signallarini shunchalik yaxshi qabul qilish mumkin.