DOBILOV ABBOS

DOBILOV ABBOS (1898, Taxtako’pir tumani— 1970.11.1, Nukus) —qoraqalpoq shoiri va oqini. Qoraqalpog’iston xalq shoiri (1944), O’zbekiston xalq shoiri (1957). Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodi va dostonchiligining taniqli namoyandasi. Ijodi 1915 yildan boshlangan. Vatan, vatanparvarlik, do’stlik, oddiy insonning yaratuvchilik mehnati Dobilov ijodining asosiy mavzularidir. 2-jahon urushi yillarida Dobilov ijodi yuksak cho’qqiga ko’tarilgan (“dushmanni yanch”, “nomard yigit nega darkor?”, “Jangchilarga zarar yetkazmadingmi?”va boshqalar). “Bahodir” (2 kitob, 1946-56) dostonida qoraqalpoq xalqining ko’p asrlik hayoti keng ko’lamda tasvirlangan. Dobilovning 10 ga yaqin she’riy to’plami va 2 jildli “tanlangan asarlar”i (1959) chop etilgan. She’rlaridan namunalar o’zbek tiliga tarjima qilingan (“she’rlar”, 1956). Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1967). As: Svetliy den. Stixi, Nukus, 1956; Shg’armalari, 1-2-j., Nokis, 1959; Arnaular (Krsiklar), Nokis, 1966. Ad.: Niyetullaev S, Abbos Dabilovtin tvorchestvolik Joli, Nokis, 1966.