DEHLI JOME MASJIDI
DEHLI JOME MASJIDI – Hindistondagi me’moriy yodgorlik (1644— 58). Boburiylardan Shohjahon qurdirgan. Masjid 3 xonaqoxdan iborat. Bosh tarzi qizil qumtoshdan ishlangan. Peshtog’i chuqur ravoqli, muqarnas bilan bezatilgan, uning ikki yonidagi ustunsimon Burjlar yuqorisi qafasi bilan tugallangan. Peshtoqning ikki yon tomonidagi gumbazli xonalar oldi qator ravoqli. Masjidga 3 tomondan kiriladi. 2 burchagidagi minora va gumbazlar marmar qoplab bezatilgan. Old tomonidagi hovli atrofi ravoqlar bilan o’ralgan. Dehli jome masjidida O’rta Osiyo me’morligi an’analari ta’siri bor.