DEHRADUN
DEHRADUN — Hindistondagi shahar, Himolay tog’lari etagidagi iqlim kurorti, Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 270 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Poligrafiya, ip va jun gazlama to’qimachiligi, ipak sanoati, choy qadoqlash korxonalari mavjud. Topografiya xizmati boshqarmasi, o’rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti bor.