DIABAZ

DIABAZ (Fransuzcha diabase) — to’la kristallangan, asosli vulkan jinsi. Kimyoviy va mineral tarkibiga ko’ra bazaltga yaqin. Diabaz, asosan, plagioklaz, avgit va boshqa minerallardan tashkil topgan. Rangi qoramtir, yashilsimon-qora. Tarkibida ishtirok etgan minerallarga qarab amfibolli, bronzitli, biotitli Diabazlarga bo’linadi. Diabaz qiya enkaygan cho’kindi tog’ jinslari oblastlarida bor, shuningdek, vulkan lavalari va tuflarida keng tarqalgan. Sill, dayka, lakkolit, yertomir va boshqa shakllarda uchraydi. Kavkaz, Qrim, Sibir regionlari hamda Germaniya, Angliya, AQSh, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda kup. O’zbekistonda Chatqol va Qurama tog’larida Diabaz daykalari holida tarqalgan. Yo’lga teriladigan tosh sifatida va quyma tosh buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.