DIALEKTIZMLAR
DIALEKTIZMLAR (dialekt) – adabiy tildagi dialektlarning o’ziga xos hududiy unsurlari. Dialektizmlarlar tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va boshqalar) ga taalluqli. Badiiy ijodda Dialektizmlar narsa, voqea va hodisaga mahalliy tus berish maqsadida qo’llanadi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qo’llash tufayli Dialektizmlar adabiy tilga oid bo’lib qolmaydi. Dialektizmlarni qo’llash uslublararo ham cheklangan. Badiiy uslubda ancha keng, publitsistik uslubda qisman qo’llangani holda ilmiy, rasmiy uslublarda deyarli uchramaydi. Ba’zi so’zlar adabiy til va dialektda qullangani holda boshqa dialektda boshqa ma’noni ifodalaydi. Masalan, “shoti”, “tovoq” Farg’ona til shevalarida “narvon”, “lagan”ni bildirsa, adabiy tilda “arava shotisi” “kosaga uxshash idish”ni anglatadi. Xorazm shevasiga xos “g’o’ch” so’zi — “mard”, “Botir”, “nishatamiz” — “nima qilamiz” degan ma’noni bildiradi. Dialektizmlardan o’rinli foydalanish badiiy ijodning, umuman nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, ta’sirchanligini oshiradi.