DILATOMETR

DILATOMETR (lotincha dilato — kengaytiraman va …metr) — issiqlik, bosim, elektr va magnit maydoni, ionlovchi nurlanish va hokazolar. ta’sirida jism o’lchamlarining o’zgarishini o’lchaydigan asbob. Jism o’lchamlarining mutlaq o’zgarishiga sezgirligi Dilatometrning asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Dilatometrning optikmexanik, sig’imli, induktsion, rentgen, radiorezonans va boshqa xillari mavjud. Optik-mexanik Dilatometr yorug’lik nuri yordamida jism o’lchamining o’zgarishini o’lchaydi. Sig’imli Dilatometrda jism o’lchami o’zgarishi bilan kondensator sig’imi o’zgaradi. Barcha Dilatometrlar oldindan kalibrlangan bo’ladi. Dilatometr bilan suyuq yoki gazsimon moddalarning hajmiy o’zgarishi ham aniqlanadi. Dilatometr kimyo sanoatida, texnika, fizika va boshqalarda ko’p ishlatiladi.