DILOR
DILOR, beta digidrogetaxlor (S]0N7S17) — ekinlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda qo’llaniladigan kimyoviy preparat (ichdan ta’sir qiladigan insektisid). Nim sarg’ish tusli, 80% li ho’llanuvchi kristall kukun holida ishlab chiqariladi. Xlororganik preparatlarga chidami bo’lmagan kusak qurtiga, beda va qand lavlagida uzuntumshuq qo’ng’izlarga, sabzavotchilikda Kolorado qo’ng’iziga qarshi qo’llaniladi. Vegetasiya davrida purkaladi. So’nggi ishlov kartoshka hosilini yig’ishdan 20 sutka, qand lavlagi, sabzavotlar, paxta terimidan kamida 30 kun ilgari o’tkaziladi.