“DILXIROJ”

“DILXIROJ”, Dilxarosh (forscha — dilni tirnovchi) — o’zbek va tojik xalqlarining mumtoz raqs kuyi. Bosh ohangi rivojlanishi jarayonida peshrav uslubi yetakchi o’rin tutadi. “Dilxiroj”ning ommabop yallalarga yaqin ashula yo’li ham mavjud bo’lib, Tojikistonda “Siynaxurush” deb yuritiladi. Lad va kuy-ohang asoslari Buzruk maqomi yo’llariga yaqin. Dilxiroj rivojining yuqori qismida “Zebo pari” avji ishlatilgan.