DIMETILANILIN
DIMETILANILIN, C6H5N(CH3)2 -uchlamchi aromatik amin. Molekulyar modda 121. Rangsiz suyuqlik, havoda oksidlanib, qo’ng’ir rangga kiradi. Qaynash temperaturasi 192,5—193,5°, suyuqlanish temperaturasi 2,5°. Suvda deyarli erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilanilin sanoat miqyosida anilin bilan metil spirtdan (sulfat kislota ishtirokida) olinadi. Dimetilanilin bo’yoqlar (malaxit ko’ki) sintezida, rangli fotografiyada va portlovchi moddalar (masalan, tetril) ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.