EFIR MOYLARI
EFIR MOYLARI — uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, fenollar, aldegidlar, murakkab efirlar hamda ba’zi geterosiklik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan uchuvchan suyuq moddalar. Efir moylari ko’pgina o’simliklar tarkibida bo’lib, ularga hid beradi. Spirt, efir va benzolda eriydi, aksariyati suvda oz eriydi, ba’zilari esa umuman erimaydi. Efir moylari o’simliklardan quyidagi yo’llar bilan olinadi: suv bug’i yordamida haydash; past tralarda qaynaydigan erituvchilar yoki hidsiz toza yog’ (mol yog’i) bilan ekstrasiya qilish (buni anfleraj usulida olish deb ham ataladi); presslash orqali. Efir moylari sanoatda keng qo’llanadi. Ulardan atirupa, sovun ishlab chiqarishda, tish pastalari, oziq-ovqat essentsiyalari tayyorlashda, tamakini xushbo’y qilishda, tibbiyotda (qalampir va evkalipt moylaridan) foydalaniladi. Efir moylari kimyo sanoatida, farmasevtikada ham qo’llanadi. Pinendan kamfora sintez qilinadi, daraxt moyi skipidar lok va bo’yoq ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi. Nozik organik sintez texnologiyasi Efir moylarining sintetik analoglari ham bor.