ETRUSK TILI

ETRUSK TILI — Rim davlatigacha bo’lgan Italiyaning qadimiy aholisi — etrusklarshshg (o’lik) tili. O’rta dengiz tillari guruhiga kirsada, biror bir tilga genetik yaqinligi, qarindoshligi to’liq aniqlanmagan. Apennin yarim orolida tarqalgan. 1-asrda lotin tili tomonidan siqib chiqarilgan. Miloddan avvalgi 7-1-asrlarga mansub turli mazmundagi ko’p sonli yozuv yodgorliklari (ularning soni 11 mingga yaqin), antik mualliflarning asarlarida uchrovchi ayrim so’zlar hamda toponimlardan ma’lum. Shulardan eng yirigi va eng muhimi Zagreb (hozirgi Xorvatiya) da saqlanayotgan mumiyo pardasidagi yozuv (340 satr) hisoblanadi. Yodgorliklar, asosan, Italiyaning Etruriya, Kampaniya, Lasiya kabi qadimiy viloyatlaridan hamda shimoliy Afrika (Karfagen) dan topilgan. Ular g’arbiy yunon alifbosi asosida yaratilgan etrusk alifbosida o’ngdan chapga qarab yozilgan. Etrusk yozuvi (alifbosi) lotin yozuvi va Markaziy hamda shimoliy Italiyadagi boshqa yozuv tizimlari uchun asos vazifasini o’tagan.