ABDURAHMONOV NABI QAYUMOVICH
ABDURAHMONOV NABI QAYUMOVICH (1958.7.11, Toshkent) — rejissyor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1994). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1980). “Yosh gvardiya” teatrida rejisssyor (1980-88). 1988 yil “Dard” teatr-studiyasini tashkil qildi. 1991 yildan O’zbekiston yoshlar teatri badiiy rahbari va bosh rejissyori. Abdurahmonov teatrda chuqur ramziylik va ayni vaqtda mantiqiylikka yo’g’rilgan o’ziga xos spektakllar sahnalashtirdi: “Zo’raki tabib” (Moler), “Malikai Turandot” (K.Gossi), “Iblis ayol” (P.Merime), “Ekvus” (Sheffer), “gugurt tutgan qizcha” (Andersen), “Teve sutchi” (Sh.Aleyxem), “Umar Xayyom yulduzlari” (T.Zulfiqorov, 1998, “Yilning eng yaxshi spektakli” deb baholangan), “Xolstomer” (L.Tolstoy), “Ato etilgan muhabbat tariqati” (Navoiyning “Lison-ut-tayr” dostoni asosida; “yilning eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominasiyasi bo’yicha “Ofarin” mukofotini olgan) va boshqalar.